Hazoraspda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Hazorasp tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi yuriskonsulti E. Rahmanov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Vaisovlar tomonidan 2026-yil 12-may kuni hududdagi “Pahlavon Mahmud” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi va mahalla yettiligi ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.🗣 Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammolar, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi. Shuningdek, mutasaddilar tomonidan sohada olib borilayotgan islohotlar, yo‘llardan samarali foydalanish va aholi bilan muloqotni kuchaytirish borasida amaliy tushunchalar berildi.
Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
