Hazorasp tumanida mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Hazorasp tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi yuriskonsulti E. Raxmanov hamda Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Vaisovlar tomonidan 2026-yil 11-aprel kuni tumandagi "Munis" Xorazmiy mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.✅ Mazkur uchrashuv davomida aholi bilan muloqot olib borilib, yo‘l xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘llarni saqlash va ta’mirlash masalalari, shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan muammolar muhokama qilindi. Suhbat jarayonida ishtirokchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar diqqat bilan eshitilib, ularning har biri yuzasidan atroflicha tushuntirish va huquqiy izohlar berildi.
⏺ Shuningdek, yuriskonsult tomonidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari, murojaat qilish tartibi va o‘z huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha tushunchalar berildi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, aholi tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusidagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
